Get Mystery Box with random crypto!

ISTIGʻFORNING 40 XOSIYATI. 1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻ | Sultan Abdulhamidxon

ISTIGʻFORNING 40 XOSIYATI.


1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi.

2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi.

3. Istigʻfor aytgan odam imon halovatiga erishadi.

4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi.

5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi.

6. Istigʻfor aytgan odamga ne’matlar koʻpaytirib beriladi.

7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi.

8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi.

9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi.

10. Istigʻfor ѐmgʻir ѐgʻishiga sabab boʻladi.

11. Mol-dunѐga baraka kiritadi.

12. Istigʻfor aytgan inson farzand ne’mati bilan siylanadi.

13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq.

14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi.

15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi.

16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi.

17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi.

18. Istigʻfor aytgan odamning haѐti farovon boʻladi.

19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi.

20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi.

21. Boshga tushgan balolarni daf etadi.

22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi.

23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi.

24. Istigʻfor majlis kafforatidir.

25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi.

26. Shayton vasvasasini qaytaradi

27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi.

28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi.

29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi.

30. Xursandchilik olib keladi.

31. Yuzni nurli qiladi.

32. Rizq kelishini osonlashtiradi.

33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi.

34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi.

35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiѐmat kuni nomai a’molini koʻrib xursand boʻladi

36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi.

37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi.

38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi.

39. Qalbni tiniqlashtiradi.

40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi.


"Istigʻforning 40 xosiyati
Salavotlar"