Get Mystery Box with random crypto!

O‘zingiz bilan faxrlaning, siz bo‘ladigan o‘zingiz bilan faxrl | Абдуазам блоги

O‘zingiz bilan faxrlaning, siz bo‘ladigan o‘zingiz bilan faxrlaning. Muvaffaqiyatsizlikni ham, muvaffaqiyatlarni ham qabul qilgan, sinovlarini ham, Alloh bergan marhamatida ham sabr-toqat qilgan, qalbidan mahzunliklarni ham, xursandchiliklarni ham his qilgan insonni qadrlang. Va albatta ikkinchisini qadriga yetish uchun birinchisi albatta bo‘lishi kerak edi.

Eng asosiysi, o‘zingizga oshiq bo‘ling, endi boshqacha bo‘layotgan, endi o‘zgarayotgan o‘zingizni seva oling. Xudbinlikdan oliyjanoblikka intilayotgan, faqat men deyishdan, boshqalarni ham o‘ylashni boshlagan, kibrni sindirib, tavozelik sari ketayotgan o‘zingizni seving.

O‘zingizni sevishni o‘rganish, bu doim ham oson bo‘lmagan. Chunki inson o‘zini biladi, va baʼzi narsalaridan qutulishni xohlaydi, biz kamchiliklarimizdan ozod bo‘lishni, xatolarimizni o‘chirishni istaymiz, ammo o‘zini sevishning asoslaridan biri - qabul qilishdir. Inson zoti mukammal qilib yaratilmagan va bu yaxshi, ha haqiqatdan juda yaxshi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qalbim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar gunoh qilmasang, Alloh seni gunoh qiladigan odamlar bilan almashtirar edi va ular Allohdan mag‘firat so‘rarlar va U ularni kechirar edi».
- Muslim

Alloh taolo bizni nomukammal qilib yaratdi va shuning uchun bizni sevadi. O‘zini sevish bu - o‘zligini tan olish, o‘zini kechirish, o‘zini qabul qilish va doimo o‘sishga intilish.

Bu dunyoga nega kelganingizni unutmang. Qalbingizda yashiringan qiyinchiliklarni yengib o‘tdingiz, qo‘rquv bilan kurashdingiz, Alloh taolo sizga o‘zini eslatdi va siz umidsizlik paytida sabr-toqatli bo‘ldingiz.

Shunday ekan o‘zingizga ishoning, biling, Allohning sevgisi bilan har qanday qiyinchiliklarni yengish mumkin. Bu sizning o‘sishingiz kalitidir. O‘zingizning noyobligingizga ega bo‘lgan, boshqalardan farq qiladigan jihatlaringizni qadrlashni o‘rganing.

Allohdan tashqari, eng muhim fikr sizniki. Butun dunyo sizni sevishi mumkin edi, lekin agar siz o‘zingizni sevmasangiz, siz hech qachon haqiqiy tinchlik va mamnunlikka erisha olmaysiz va butun dunyo sizga qarshi bo‘lishi mumkin, lekin agar siz o‘zingizni yetarli darajada sevsangiz, bu dunyolarga teng bo‘ladi.

Eski tarjimalarimdan