Get Mystery Box with random crypto!

​​BAXT NELIGIN UNUTIB QO'YDIM Sinoving ko'p bunchalar xayot, | ️ABBOS ROZMAMATOV ️

​​BAXT NELIGIN UNUTIB QO'YDIM

Sinoving ko'p bunchalar xayot,
Dardu alam, yolg'ondan to'ydim,
Shu daraja bo'ldimki bugun,
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Dardlaringdan berding beminnat,
Azob ila ko'rsatding himmat,
So'ndi umid, oxir oqibat,
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Xazillardan bugun tillar lol,
Xoxlashganlar qildi bemalol,
Yo xayotim keldimi malol,
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Orzu nomli armonlaridan,
G'iybatchilar gumonlaridan,
Chin atalmish yolg'onlaridan,
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Ishonganim bo'ldi bag'ritosh,
Asta so'lib tugadi bardosh,
Odat bo'lib qoldi ko'zda yosh,
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Unut bo'ldi bedor tuyg'ular,
Yiqitdilar, kibru kulgular,
Qilmay qo'ydim ko'pdan orzular,
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Nimaiki bo'lmasin sodir,
Yolgʻon dunyo, chin esa U dir,
Balki mening taqdirim shudir.
Baxt neligin unutib qo'ydim.

Abbos Rozmamatov 31.01.2021


✯┄┅✿❀ ❀✿┅┄✯
http://t.me/AbbosRX/
✯┄┅✿❀ ❀✿┅┄✯

https://t.me/joinchat/AAAAAElZHEy3mBC3cCsc8A