Get Mystery Box with random crypto!

​​GOʻZALLIK IZLADIM... Goʻzallik izladim yorugʻ dunyodan, Gul | ️ABBOS ROZMAMATOV ️

​​GOʻZALLIK IZLADIM...

Goʻzallik izladim yorugʻ dunyodan,
Gulzorlar, gulbogʻlar chiroyli goʻyo,
Bir muddat koʻzimni quvontirdiyu,
Kuz kelib xazonga aylandi ammo .

Goʻzallik izladim osmonu koʻkdan,
Baridan ajibroq koʻrindida oy,
Afsuski bir yoqdan bulutlar kelib,
Zulmatning qariga berkindi chiroy.

Goʻzallik izladim daryo dengizdan.
Ajib bir manzara koʻzni quvnatdi.
Lek afsus bular ham oʻtkinchi ekan.
Qahraton qish kelib barin muzlatdi.

Goʻzallik izladim baland togʻlardan,
Oppoq qor, archazor takrorlanmasdek,
Bir payti daxshatli gumburlatdiyu,
Vulqonlar kuydurdi barini hasdek.

Goʻzallik izladim inson qalbidan,
Mexrli,vafoli koʻrindi goʻyo.
Mendan xam zoʻrini uchratib bir kun,
Sarobga aylandi shu oʻtli vafo.

Izlab hech topolmay umidim soʻndi,
Abadiy goʻzallik yoʻq ekan endi.
Yuragim gʻash boʻlib qolgandim mudrab.
Oʻsha payt qalbimdan bir ovoz keldi.

Izlading halak boʻp uzoq uzoqdan,
Lekin soʻramading yaratgan zotdan,
Chuqur bir oʻylanib soldim bir nazar,
Goʻzallik angladim yolgʻiz Allohdan.

Bu xayot bu dunyo bari oʻtkinchi,
Baribir oʻzgarar bari kunda bir,
Faqat u oʻzgarmas, faqat u oʻtmas
Abadiy goʻzallik faqad Undadir.

Abbos Rozmamatov 03.12.2020

✯┄┅✿❀ ❀✿┅┄✯
http://t.me/AbbosRX/
✯┄┅✿❀ ❀✿┅┄✯

https://t.me/joinchat/AAAAAElZHEy3mBC3cCsc8A