Get Mystery Box with random crypto!

O'lsam gar unutar yaqinlarim ham Ikki kun izimda balki yegʻlar | Abadiy hislar🌃

O'lsam gar unutar yaqinlarim ham
Ikki kun izimda balki yegʻlar ham
So'ng esdan chiqaman daholar kabi
Boshqa aka topar singillarim ham

Aka-opalarim uka ham topar
Chiqib ham ketarman asta qalbidan
Hatto mehribonim sevgan yorim ham
Nelarni pichirlab aytar izimdan?

Biryoqdan doʻstlarim kavlar qabrimni
Qolganlari chetda g'iybatim qilar
,,Doʻstlarimʼʼ deyverib chiqqan jonimni
Ikki kun oʻtmasdan ustidan kular

Kafanga sig'maydi oʻshakun qalbim
Qabrga sig'maydi qaysar ruhim ham
Ota onam toʻkkan koʻz yoshni oʻylab
Shubhasiz qaytadi kelgan ajal ham!

@abadiy_hislar