Get Mystery Box with random crypto!

#Munosabat Aybdorlar topilar, lekin 19 nafar murg‘ak go‘dakni | Аbdushukur Xamzayev

#Munosabat

Aybdorlar topilar, lekin 19 nafar murg‘ak go‘dakni qaytara olmaymiz

Dok-1 Maks dori vositasini qabul qilgan 19 nafar farzandlarimizning nobud bo‘lgani meni ham juda qayg‘uga soldi.

Albatta, aybdorlar topiladi, jazolanadi. Lekin, 19 nafar murg‘ak go‘daklarimizni qaytara olmaymiz. Afsuski, 19 ta oilaning qalb jarohatini ham davolay olmaymiz. Muammo shu bilan bartaraf etilmaydi albatta.

Kelgusida bunday holatlar bo‘lmasligi, qaytarilmasligi uchun mahalliy dorivorchilik sohasini tubdan isloh qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

Bugungi kunda mamlakatimizda 4,3 mingdan ortiq o‘simliklardan 750 turining-dorivorligi aniqlangan. Shundan, 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan. Yaʼni bizda tabiiy dorivor moddalarning ishlab chiqarish imkoniyati cheksiz.

Batafsil

Facebook | Instagram | Web site | You Tube