Get Mystery Box with random crypto!

Ayrim partiya tashkilotlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi | Аbdushukur Xamzayev

Ayrim partiya tashkilotlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida hududiy partiya tashkilotlari ishtirokida (ZOOM ilovasi orqali) yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan dekabri oyida qilingan ishlar va galdagi vazifalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev so‘zga chiqib, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan ayrim partiya tashkilotlari faoliyatiga tanqidiy baho berdi.

Shuningdek, partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limlari hamda hududiy partiya tashkilotlariga 2023 yilda amalga oshiriladigan aniq vazifalarni belgilab olish, aholini qiynayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Facebook | Instagram | Web site | You Tube