Get Mystery Box with random crypto!

Deputatlar banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshiris | Aktam XAITOV | rasmiy kanal

Deputatlar banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilishdi.

Qonunchilik palatasi yalpi majjlisida bugun 7 fevral kuni “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi  qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan:

banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard so‘mgacha oshirish;

norezidentlarga bank aksiyalarini sotib olishga bo‘lgan taqiqni saqlagan holda, ularning aksiyadorlari va benefitsiarlari uchun mazkur taqiq bekor qilish belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi:

banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va resurs bazasini ko‘paytirish;

bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish;

banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali bank sektoriga strategik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadlariga xizmat qiladi.

@a_xaitov