Get Mystery Box with random crypto!

Bilaman... Ortda qolayotgan yilda yomon lahzalarni boshdan ke | 💞🌹ЛИЛИЯ🥀_Царица🥀Цветов🌹💞

Bilaman...

Ortda qolayotgan yilda yomon lahzalarni boshdan kechirganingni bilaman. Qadrlaganlaring munosib javob bermaganini, qilgan yaxshiliklaring evaziga ba'zan orqangdan pichoq urilganini ham tushunman. Sabr. Sabr. Sabr qilaverib, sabr toshiga aylanib qolishingga oz qolgan paytlarni ham bilaman. Qiyin vaziyatga duch kelganingda yolg'iz yig'lab chiqqan tunlaringdan ham xabarim bor.
Nimalarni yo'qotding-u, kimlarga kuning qoldi. Muammolaring ba'zan yura olmas holga keltirdi, ammo yengilmading!
Qara. Qara nafas olyabsan-a? Shu yerdasan, qalbing tirik, yuraging urmoqda. Demak senda umid bor.
Yangidan boshlash imkoniyati bor)

Qalbdosh, noumid bo'lma.

Sening hikoyang eng buyuk yozuvchi tomonidan yozilgan. Hozir baxtsiz bo'lishing mumkin, lekin hayot sen uchun qanday go'zal lahzalarni tayyorlab qo'ygan.
Senga yengib o'tib bo'lmaydigan sinov berilmadi. Kishini hech qanday dard o'ldirmaydi, aksincha kuchli va sabrli qiladi.

O'zingga qayt.

Sen o'zingdanda kuchlisini topolmaysan. Shu o'zingni aynan shu ondan boshlab kuchli qil.
- seni ranjitishlariga izn berma
- o'zingga yaxshilik qil. Kel, seni hafa qilgan hammani kechir :)
- faqat seni harakating bilan bo'layotgan munosabatlardan voz kech..
- tushunmaganlarga tushuntirishga urinma
- qorquvlaringga qarshi yur
- yutqazgan joyingdan davom et.
- har narsani bilishga urinma. Boriga shukur qil va ularning qadrini bil. Shuni o'zi yetarli.

Biroz shoshma, go'zal kunlaring oldinda emish, ular sen tomon kelmoqda...