Get Mystery Box with random crypto!

Reklom san'ati | Реклом санъати

Telegram kanalining logotibi reklom_sanati — Reklom san'ati | Реклом санъати R
Telegram kanalining logotibi reklom_sanati — Reklom san'ati | Реклом санъати
Kanal manzili: @reklom_sanati
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.13K
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda dunyoga mashhur kompaniyalarning eng kreativ-o'zgacha reklama poster va videolarini tomosha qilasiz, reklamadan zavqlaning...
Reklama —
© @Islomabdulmajid

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-07-06 14:43:02
Samarqand Unicef nigohida

Koʻhna va jozibador Samarqand shahrining goʻzal obidalari haqidagi ushbu yoqimli reklama roligi Unicefning Instagram sahifasidan joy oldi. Trend musiqa sadosi ostida tarix.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
1.8K views11:43
Ochish/sharhlash
2023-07-05 09:48:58
Volkswagenning norasmiy reklamasi…

Hatto jiddiy vaziyatda ham uni bunga majburlay olmaysiz.

Diqqat, videoda soʻkinishlar mavjud!

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
2.7K views06:48
Ochish/sharhlash
2023-06-21 16:38:29
Imzoga gʻoya…

AIS windows ovoz oʻtkazmas deraza-romlarining super kreativ reklamasi. Siz bu reklamani qanday baholaysiz?

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
3.0K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-06-18 19:59:34
Dunyo dizayn va qadoq olamida oʻrnimiz qanday?

Istalgan sohaning yuqori darajasida oʻz hamyurtlaringni koʻrish kishiga hamisha gʻurur bagʻishlaydi. Dizayn va mahsulot qadogʻi borasida bizga bu tuygʻuni ketma-ket taqdim etib kelayotgan doʻstlarimiz Minim branding jamoasi boʻladi.

Avval ham bir necha marta boʻlganidek, jamoa oʻzining yangi “ON” loyihasi bilan World Brand Design Society dizaynerlar jamiyati saytidan oʻrin olib, haftaning eng koʻp ijobiy baholar olgan loyihasiga aylanibdi.

Siz bu loyihalarni qanday baholaysiz? Jamoa haqida fikr bildirish oldidan ularning boshqa loyihalari bilan ham tanishib chiqishni tavsiya qilgan boʻlardim. Sahifaga oʻtish:

https://t.me/minim_design
3.8K views16:59
Ochish/sharhlash
2023-06-16 11:30:35
Branding nima?!

Brand va branding nomlanishi bitta oʻzakka asoslangan va bir-biriga bogʻliq narsalar boʻlsa-da, aslida umuman boshqa mazmunni anglatadigan tushunchalar.

Brand haqida koʻp gapirilgan, uni izohlab oʻtirish menimcha shart emas, branding esa bizda hali u qadar ommalashib ulgirmadi. Meni nazarimda branding kompaniyaning kayfiyati va qadryatlarini mijozlarga yetkazuvchi tili va uning tashqi qiyofasini namoyon etuvchi yuzi. Sizningcha branding nima?

Branding borasida “Dodo pizza”ni ancha peshqadam deb bilaman.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
4.8K views08:30
Ochish/sharhlash
2023-06-15 16:50:10
Volkswagen ham qanday reklama olishni juda yaxshi biladi

Avto olam giganti Volkswagen oʻz ulovlarining masofadan boshqarilish imkoniyatini mana bunday ajoyib uslub bilan namoyish qildi. Toʻgʻri, kimdir ishsiz qolishi mumkin, lekin libosingiz hamisha pokiza boʻladi.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
4.4K views13:50
Ochish/sharhlash
2023-06-12 19:15:44
Apple’dan navbatdagi shedevr…

Sizda ham ba’zan bir on boʻlsada atrofdan uzilish va tinchlikka ehtiyoj paydo boʻlib qoladimi? Apple oʻzining yangi Airpods Pro quloqchinlari bilan bizga aynan shu narsani va’da qilmoqda.

“Olamdan uzilish qanday boʻladi” deysizmi, savolingizning javobi ushbu videoda.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
5.2K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-06-12 17:02:48
Ov davom etadi…

Oʻzbekiston bozorida “yirik ovchi”ga aylanib ulgirgan “Uzum” holdinggi navbattagi katta qadamni tashlab “Click” toʻlovlar tizimini sotib oldi.

Avvaliga holding “Apelsin” loyihasini yutib yuborgandi, endi esa “Click” ham mevaga aylandi, sizningcha keyingisi kim boʻlishi mumkin?

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
5.3K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-11 08:28:43 Balkoooon!

Bilaman, hozir bu xabarni koʻrib, “Oʻlikdan sado chiqdimi” degan xayolga borib oʻtiribsiz. Shaxsiy hayotdagi ba’zi ishlar bilan ovora boʻlib kanalni va sizlarni ancha zeriktirib qoʻydim, buning uchun baland minbardan turib, yaponcha ta’zim ila uzr soʻrayman.

Nasibimiz bugunga ekan, kanalni sizlar bilan qayta jonlantirsag-u, palataga olib chiqsak, degan fikr mana shularni yozishga majbur qilib turibdi. Nima deysiz, yana qaynoq muhitni tiklab olamizmi? Reklama va marketing haqida, biroz yangicha uslublar qoʻshgan holatda davom etish fikriga qanday qaraysiz?

Fikringiz man uchun juda muhim, albatta birma-bir oʻqib chiqaman, dakki eshitishga ham tayyorman, qani boshladikmi?

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar… mi?
2.3K views05:28
Ochish/sharhlash
2023-03-23 10:40:57 SMM Jamoa uchun tajribali grafik dizayner kerak!

Agar siz kreativ fikrlaydigan o'z ustida doimiy ishlaydigan va ishini sevadigan dizayner bo'lsangiz sizni safimizda ko'rishdan mamnun bo'lamiz.

Talablar:
- Ish tajribasi: kamida 1,5 yil bo'lishi;
- Ish oflayn Marg'ilon shahridagi ofisda ishlanadi;
- Photoshop, illustrator dasturlaridan PRO darajada foydalanish;
- SMM dizayn, banner va qadoq dizaynlar tayyorlash;
- Brending, firma stili va aydentikadan xabardor bo'lish;
- 18 yoshdan yuqori, mas'uliyatni his qiladigan bo'lishi kerak;

Ushbu talablar sizni qoniqtirsa, biz sizga:
- zamonaviy va qulay ish joyi;
- 2,000,000 - 5,000,000+ so'm oylik maosh;
- bir-biridan qiziqarli loyihalar;
- ahil jamaoda birgalikda rivojlanish imkoniyatini taqdim etamiz.

Portfolio va rezyumeni quyidagi manzilga yuboring:
t.me/ibrohimovd
2.3K views07:40
Ochish/sharhlash