Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ reklamalar | Креатив рекламалар

Telegram kanalining logotibi kreativ_reklamalar — Kreativ reklamalar | Креатив рекламалар K
Telegram kanalining logotibi kreativ_reklamalar — Kreativ reklamalar | Креатив рекламалар
Kanal manzili: @kreativ_reklamalar
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.43K
Kanalning ta’rifi

Milliycha va jahon miqyosidagi qiziqarli reklamalar makoni.
Biznesingiz uchun reklama, logotip yoki kopirayter ishi kerakmi?
Murojaat qiling: @Fayzullokhoja

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-31 14:42:19
SSSR demokratiyasi asoschisi va reklama

Bugun sobiq ittifoqning 90- yillardagi shov-shuvli rahbari Gorbachev dunyodan oʻtgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi. Biz ham u bilan, oʻzi ishtirok etgan reklamalar orqali xayrlashmoqchimiz.

Pizza Hut reklamasida ishtirok etgani haqida avvalroq post qoldirgan edik va bugun bazi manbaʼlarda yozilisha ittifoq rahbari buning ortidan 1 mln $ ishlab topgan. Bundan tashqari Louis Vuitton brendi uchun ham modelyerlik qilgan ekan.

@Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari!
1.5K viewsedited  11:42
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:21:01
Boshlandi lekin tugamadi

PepsiCoUz tominidan 21 iyunda eʼlon qilingan Pepsimagicauto aksiyasi negadir boshlandiyu yakuni haqida hech kim lom-lim demadi. Koʻpchilik xabar topganidek Dizayn jamoasi aʼzosi Abdurahmon aka avtomashinaning egasiga aylangan ekanlar, bu bilan u kishini tabriklaymiz . Hech kim rasmiy aytmadi hartugul biz eʼlon qilaylik dedik.

Lekin Pepsi oʻzining na telegramdagi, na instagram, facebookdagi sahifalarida bu haqida biror post qoldirgan. Aksiyaning birinchi kunidan suratlar boru lekin negadir yakunlashmagan. Qiziq, bu juda qiziq. O'zi kompaniyaning telegramda rasmiy kanali mavjudligi goh-gohida yodiga tushadi shekilli sahifadagi postlar orasidagi vaqt olti oygacha choʻzilgan. Brend marketologlari hamma haliyam televizor qarahisidaligiga qattiq ishonishadi shekilli koʻrsatuvlar orasidagi reklama vaqtida koʻngil ozdirarli darajada koʻp namoish etilmoqda xullas shunaqangi gaplar.

@Kreativ_reklamalar - Kreativ ijod mahsullari
2.2K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:01:08
Icode dasturlash markazidan oʻzgacha reklama

Oʻquv markazlari koʻpayib borgani sari ular oʻrtasidagi raqobat ham kuchaymoqda. Bu esa ularning reklamalarida tez-tez oʻz ifodasini topmoqda. Yuqoridagi suratda esa ulardan biri.

Sizda ham shunday reklama bannerlari uchradimi? Unda tezroq bizga joʻnating!

@Kreativ_reklamalar - Kreativ ijod mahsullari
2.3K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:09:02
Biznikilar taqlid qilishni qoyillatib qo'yishadide) Bu safar hindlarning "Biz yolg'iz emasmiz" (xalq tilida Jodu) filmiga taqlid qilishibdi.

Rolikda nima reklama qilinganini o'zingiz bilib olarsiz)

@Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari!
1.8K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:17:01
#Vaziyatmarketinggi

Azon kitoblar doʻkonidan ajoyib vaziyat marketinggi. Taxtachada yozilgan holatga na kulishni, na yigʻlashni biladi inson . Afsuski bizda shunaqa.

@Kreativ_reklamalar - Kreativ ijod mahsullari
3.0K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:10:09
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquv markazlarini target qilishning ayni vaqti

Hozir facebookda chiqayotgan reklamalaring 70% oʻquv markazlari qolgani ijaraga uy topib beruvchilar boʻlishi kerak.

Yaxshi natijalar ko'rsatib o'qishga kirgan hammani chin yurakdan tabriklayman. Yutuqlariz bardavom bo'lsin.

P.S. Institutga kirgandan keyin ham to'xtamang, til o'rganing o'z ustingizda ishlang. Institut siz orzu qilgandek joy bo'lmasligi mumkin(Parij sindromi) lekin barbir faqat oldinga oldinga harakat qiling.

@Kreativ_reklamalar - Kreativ ijod mahsullari
2.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:02:54
Kanalimizda asosan kreativlikni qo'llab-quvvatlaymiz. Shu bilan birga kreativ ishlar TEKIN qilib berilsa, nega bu haqida jar solmaslik kerak)

Minim Design jamoasiga respect! Mustaqillik sharafiga LOGOCHI aksiyasini e'lon qilishibdi. Agar siz tadbirkor, hunarmand va boshqa soha vakili bo'lsangiz Minim Design vakillariga bemalol murojaat qilavering va BEPUL tarzda KREATIV LOGO ga ega bo'ling!

Loyihada ishtirok etish uchun link:
https://forms.gle/fGBXdT7882EME4qK9

Aksiya 31-avgustgacha ekan. Foydalaning va o'z tanishlaringizga ham ulashing!

@Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari!
2.6K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:12:01
Kosmik kemalarimiz kosmosni zabt qilayotgan bir vaqtda...

Ford avtokonserni oʻzi ishlab chiqarayotgan ulovlarda yangi turdagi chiroqlar oʻrnatishni boshladi va bu haqida ajoyib reklama tayyorladi. Ushbu chiroqlar haydovchiga va boshqa mashinalarga yoʻl belgilari, tezlikning chegaralangan darajasi, burulish va aylanmalar haqida oldindan xabar beradi. Zamonani qarang!

Bizda esa maqtanarli faqat uzunqator navbatlar bor xolos. Masalan, portlagan vaqtda yoʻlovchilar tomonga emas, ortga uchib chiquvchi metan balonlari haqida hech kimning oʻylagisi yoʻq. Tuzukroq havo yostiqchasi boʻlmagan mashinalarda bunday yangiliklarni kim qoʻyibdi deysiz. Balkim yanada koʻproq qurbonlar boʻlishi kerakmikin (Xudo saqlasin) .

@Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari
3.3K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:32:51
Chekish insonni oʻldiradi

Nafaqat tijoriy roliklar, balki ijtimoiy roliklarni ham kulguli tarzda suratga olish mumkin. Chekmaslikga chaqiruvchi ajoyib rolikni koʻrishdan avval yaxshilab oʻtirib oling))

@Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari!
3.6K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-08-25 11:13:02
Coca Cola kompaniyasi har doim bir-biridan qiziq reklamalar taqdim qilib kelgan. Ularning ko'chiligi bilan kanalimizda tanishgansiz. Mana bunisi ham ajoyib!

"Coca Cola dushmanlarni ham yaqinlashtiradi" — reklama shiori. Baho bering!

@Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari!
3.5K views08:13
Ochish/sharhlash