Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-06-12 07:01:00 ​​#Savol: Assalomu alaykum. Menda oila qurayotgan insonimga nisbatan umuman ko‘nglim yo‘q. Faqat ota-onamning xohishlari bilan bo‘lgan. Lekin bo‘lajak turmush o‘rtog‘im meni yaxshi ko‘radilar. Menda esa ko‘nglimda umuman iliqlik yo‘q. Gaplashishni ham xohlamayman. Shunday holatda oila qurish to‘g‘rimi?

Javob: Va alaykum assalom. Hamma ham ko'ngil qo'yib oila qurmaydi, lekin hech bo'lmasa, neytral holatda bo'lish kerak. Siz u yigitning yaxshi tomonlari va kamchiliklarini bilishga, ularni tahlil qilishga harakat qiling. "Gaplashishni ham xohlamayman" deyishingizga sabab bo'ladigan nima borligini o'zingiz bilasiz – aslida, gaplashish to'g'ri emas, bu yerda nima uchun ko'ngilda iliqlik yo'qligini bilishni nazarda tutyapman.

Oila qurishga rozilik berishdan oldin bularni qilish, o'ylash kerak edi. Endi qanday yo'l tutish o'zingizning ixtiyoringiz.

#oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-06-11 13:01:18
Ayol kishi muhabbatini qirq yil yashirishi mumkin, ammo rashkini bir soat ham yashira olmaydi.

Adham Sharqoviy

#Ayollar #rashk

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.9K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-06-11 11:06:40 MUAMMOLAR TASNIFI

Er tarafidan bo‘ladigan muammolar:
3. Muammo: o‘zlari yoki bolalari uchun muhim bo‘lgan masalada er xotinining fikriga e’tibor bermaslik.

Yechim. Er jufti haloli hayotdagi sherigi ekanini yodidan chiqarmasligi zarur. Balki hayot yo‘lidagi hamrohi ekanini his qilishi lozim. Muhim masalalarda fikri to‘g‘ri bo‘lsa, qabul qiladi. To‘g‘ri bo‘lmasa, qabul qilmaydi. Uning fikrini butkul inkor etmaydi. Eng muhimi – fikri to‘g‘ri bo‘lmaganda, his-tuyg‘ulariga (oriyatiga) tegadigan yo‘sinda inkor qilmaydi.
Alloh taolo mo‘minlarni:
“Ularning ishlari o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur”
(Sho‘ro surasi, 38- oyat), deya maqtagan.

4. Muammo: er bo‘ynidagi vazifasini bajarib turib shuni xotiniga minnat qilishi.

Yechim. Er xotiniga javobgar ekanini bilishi zarur. Uning huquqlariga rioya qilmasa, qiyomat kuni javob beradi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh taolo barcha mas’ullarni qo‘l ostidagilar rioyasini qilgan yoki rioyasini qilmaganidan so‘raydi. Hatto erkakni oilasidan so‘roq qiladi”, dedilar.
Er burchini bajararkan, xotiniga bu narsalarni minnat qilishga haqi yo‘q. Chunki u xotinning huquqlari hisoblanadi.

5. Muaommo: er bolalari yoki oilasi oldida xotinini haqorat qilishi va mensimasligi.

Yechim. Er xotinining hurmati o‘zining hurmati ekanini bilishi lozim. Boshqalar oldida xotinining tuyg‘ulari va hurmatini saqlashi kerak. Xususan, bolalari oldida. Chunki bolalari qalbida xotinning haybati ketib qolsa, ularni tarbiyalash uchun gapi o‘tmay qoladi. Er ayolini koyimoqchi bo‘lsa, boshqalarning qulog‘iga yetmaydigan uzoqroq joyga borishi kerak. Shunda tuyg‘ularini toptagan bo‘lmaydi va haybati ham yo‘qolmaydi. Xotinga yaxshi munosabatda bo‘lishi mardlik ekanini er bilishi lozim.

Mubashshir Ahmadning “Islomda oila” kitobidan #iqtibos

#Muammo

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.0K views08:06
Ochish/sharhlash
2023-06-11 05:50:46
Ne qismat chanqasang daryo labida,
Bir umr bir qultum suvga zor boʻlsang.
Toʻrt fasl aylansa ishq matlabida,
Sen beshinchi faslga intizor boʻlsang...

#Соғинч

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.0K viewsedited  02:50
Ochish/sharhlash
2023-06-11 03:01:01 ​​Ayol kishi shu toʻrt narsa tufayli oilasini xonavayron qiladi:

1. Qaysarlik.
2. Jahl, asabbuzarlik.
3. Shubha-gumon.
4. Ovozni balandlatish.

Erkak kishi shu toʻrt narsa tufayli oilasini xonavayron qiladi:

1. Uzoqlashish.
2. Eʼtiborsiz boʻlish.
3. Qattiqqoʻl boʻlish.
4. Baxillik qilish.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.5K views00:01
Ochish/sharhlash
2023-06-10 20:22:09
"Yiqildi yo'lingni kutgan bu shahar,
Endi kelsang-da bir, kelmasang-da bir".

#Shunchaki

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.7K viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2023-06-10 06:23:09 #Savol: Assalomu alaykum. Xo‘jayinim har tomonla yaxshilar, lekin pullari ko‘paygani sari ko‘p ayol-qizlar bilan munosabat qilyaptilar, buni bilib, qarshilik qilib, to‘g‘ri yo‘lga o‘tishlari uchun harakat qilsam bo‘ladimi? Hatto bo‘lar-bo‘lmas qizlar bilan yurib, uylanaman, deb to‘polon qilganlarida qarshilik qilganman, bu ham gunohmi?

Javob: Va alaykum assalom. To'g'ri yo'lga chaqiring, albatta. Ayol-qizlar bilan noshar'iy munosabatda bo'lmasin. Mol-dunyodan to'g'ri foydalanish haqida eslatma, kitob, ma'ruzalar bering. Bo'lar-bo'lmas qizlarga uylanmasin. Ehtiyoj bo'lsa, yaxshi ayol-qizlarga uylansin.

#Ayollar #Erkaklar #oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K views03:23
Ochish/sharhlash
2023-06-09 06:47:31
Ayol dars qilgan xonadonda fayz bo'ladi!

#Ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.0K views03:47
Ochish/sharhlash
2023-06-08 19:31:00 Ayolingizni xoʻrlamang!

Ayolingizni xoʻrlamang. Uni tahqirlashingiz qalbi va aqlida chuqur iz qoldiradi. Ayolingiz tili bilan kechirsa ham qalbi bilan kechira olmaydigan eng xatarli haqorat – qalbi gʻalayonga toʻlganda unga ozor berishingiz, soʻkishingiz, ota-onasini pastga urishingiz yoki shaʼnini yerga urishingizdir.
Ayolingizga yaxshi muomala qiling, undan ham yaxshi muomala koʻrasiz. Uni oʻzingizdan ham ustun koʻrishingizni, uni baxtli qilishga urinishingizni unga bildiring. Uning sogʻligʻiga eʼtiborli ekaningizni ayting. Agar betob boʻlib qolsa, imkoningiz yetganicha boringizni qurbon qilishga tayyor ekaningizni bilsin.

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.1K views16:31
Ochish/sharhlash
2023-06-08 08:26:12
"Yo'lda joningdan aziz tut, senga chin yo'ldoshni!"

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.9K views05:26
Ochish/sharhlash