Get Mystery Box with random crypto!

GreenCardLotteryUz

Telegram kanalining logotibi greencardlotteryuz — GreenCardLotteryUz G
Telegram kanalining logotibi greencardlotteryuz — GreenCardLotteryUz
Kanal manzili: @greencardlotteryuz
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 851

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-05-09 21:14:50
Meksikada nima gap? yoki CVP1 nima degani?

11-12-maydan boshlab Meksikadan Amerikaga kiruvchi immigrantlar oqimi toʼxtashi yoki talablar kuchaytirilishi hadagi maʼlumotlar tarqaldi. Ushbu xabarlar qay darajada rost yoki yolgʼonligi haqida rasmiy manbalardan quyidagi maʼlumotlarni topdik.

CBP One tizimi avvaldan mavjud boʼlgan va u AQSH chegara qonunchiligiga doir portal boʼlib doimiy foydalanib kelingan va uning ilovasi ham mavjud.

Demak CBP One yaqinda chiqmaganini va u oldindan boʼlganini bilib oldik, endi esa CBP1 Meksika orqali Amerikaga kirayotgan immigrantlarga nima aloqasi borligini koʼrib chiqamiz: 2023-yil 5-maydan boshlab CBP1 tizimiga oʼzgartirishlar kiritildi va 10-maydan boshlab ishga tushishi aytildi, unga koʼra endi chegarani kesib oʼtmoqchi boʼlgan noqonuniy immigrant chegaraga borishdan oldin CBP1 portali yoki ilovasi orqali roʼyxatdan oʼtishi va maxsus anketani toʼldirishi talab etiladi, ariza topshirilganidan soʼng immigrant tizimdan javob xabarini ham oladi, bundan tashqari immigrant boʼlgan inson AQSHga kirish uchun hohlagan kirish punkitini emas aynan CBP1 da koʼrsatilgan chegara punktlaridan birini tanlashi kerak boʼladi.

Immigrant jismonan Meksikaning markaziy yoki shimolida joylashgan bo'lishi kerak. Uchrashuvlar sakkizta kirish portlarida taklif etiladi: El Pasodagi Brownsville, Paso Del Norte, Eagle Pass, Hidalgo va Texasdagi Laredo; Kaliforniyadagi Calexico va San Isidro; va Arizonadagi Nogales. 

Maʼlumotga koʼra CBP1 tizimida ariza topshirish uchun maʼlum vaqt belgilanmaydi va mijozlar hohlagan vaqtlari ariza topshirishi mumkin boʼladi.

Qisqa qilib aytganda immigrant AQSHga kirish uchun avvalo (Подтверждение) tasdiq xabarini olishi kerak boʼladi. Ammo bu tizim 100% ishga tushishi haqida hozir biror narsa deyish qiyin.

Bu maʼlumotlarni sizga qisqacha tushuntirdik, CBP1 va oʼzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlarni quyidagi havola orqali oʼzbek tilida tanishib chiqishingiz mumkin: https://telegra.ph/CBP-One-ilovasiga-ozgartirishlar-kiritdi-05-09

@GreenCardLotteryUz
256 views18:14
Ochish/sharhlash
2023-05-08 21:11:59
SOXTA YUTUQLARDAN EHTIYOT BOʼLING.!

Lotoreyada baʼzi Green Card firmalari orqali ishtirok etganlar baʼzi hollarda firibgarlik qurboniga aylanadi, bu firibgarliklardan soʼnggi yillarda avj olgani soxta yutuqlar tarqatish xisoblanadi.

BU QANDAY SODIR BOʼLADI?

Bu juda oddiy, shunchaki sizni Green Card yutganingiz bilan tabriklashadi va sizga qogʼozda chiqarilgan yutuqni koʼrsatadi agar ishonmasangiz onlayn oʼzlarining shaxsiy kompyuterida tekshirib koʼrsatishadi. Bir qarashda hammasi haqqoniy, ammo sizga oʼyin kodini berishmaydi. Oʼyin kodini soʼrasangiz bunga mingta baxona tayyor (baxonalardan eng ommaboplari - "siz yutuqni buzib qoʼyasiz ichiga kirish mumkinmas" yoki "Toʼlov qilmaganlarga kodlarni bera olmaymiz") shu bilan jarayon boshlanadi va Amerika orzusi bilan hayolingizdan oʼyin kodi chiqib ketadi.

Sizga atay keys raqamini katta qilib koʼrsatishadi, sababi keys raqam qancha katta boʼlsa sizni suxbatga chaqirishi kechikadi yoki chaqirmasligi ehtimoli yuqori boʼladi, shu bilan birga sizni ogohlantirishadi yaʼni "keys raqamingiz katta ekan suxbatingiz kechikadi" deb. Senariy esa oldindan tuzilgan siz suxbatga aniq chaqirilmaysiz.

May oyidan 2024-yil sentyabr oyi oxirigacha esa 16 oy vaqt bor, bu vaqt mobaynida sizning pulingiz eng kamida firma egalarining bank xisoblarida abarotda boʼladi yoki jarayon yakuni firma raxbari Amerikaga Meksika orqali qochib ketgani bilan tugaydi (xuddi shunday voqea DV-2020 mavsumida Jizzaxda yuz bergan edi)

Yuqorida sizga yutugʼingizni onlayn kompyuterda tekshirib berishlari haqida ham aytib oʼtdik, xoʼsh koʼz oʻngingizda onlayn tekshirib bersa gumonga ne xojat dersiz, aslida onlayn tekshirish uchun saytning soxta versiyasini tayyorlashgan va maxsus kodlar terilganda yutuq kelib chiqadigan qilingan. Green Card lotoreyasini yaxshi tushungan inson uchun ham buni farqlash qiyin boʼladi baʼzida, chunki oʼzim ham bir vaqtlar farqlay olmagan edim.

Biz barcha Green Card firmalarini qoralamoqchi emasmiz shu sababdan postimizni (baʼzi) soʼzi bilan boshladik.

@GreenCardLotteryUz
318 views18:11
Ochish/sharhlash
2023-05-07 07:48:31
Green Card DV-2024. Rasmiy sayt natijalarni bilish uchun ochildi.

1-Punktga oʼyin kodi
2-punktga faqat familiya
3-punktga tugʼilgan yilingiz
4-punkt CAPTCHA

Natijalarni tekshirish uchun havola:
https://dvprogram.state.gov/ESC/CheckStatus.aspx

@GreenCardLotteryUz
366 views04:48
Ochish/sharhlash
2023-05-06 14:37:26
Green Card lotoreyasi va AQShga viza masalalari boʼyicha koʼp yillik tajribaga ega va eng muhimi bitta manzilda oʼzgarmasdan xizmat koʼrsatib kelayotgan "GENERAL APPLICATION cervices" sizga DS-260 anketasini mutaxassislar tomonidan ishonchli va kafolatli toʼldirib berishga va vizagacha boʼlgan barcha jarayonlarda yaqindan yordam koʼrsatadi.

Manzil: Toshkent shahar Yunusonod tumani Moyqurgon kochasi 1 uy.

Google locatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/jWoj62e7aLbJgycP7

Moʼljal: Videoda batafsil tushuntirilgan.

Xizmat narxlari va batafsil ma'lumot uchun
Tel: +998977280528 Tohir aka
+998909503476 Shavkat aka

Biz sizga eng ishonchlilarini tavsiya qilamiz.!

@GreenCardLotteryUz
852 views11:37
Ochish/sharhlash
2023-05-06 05:37:11
Bir kun kelib siz orzu qilgan narsalarning barchasi sizda boʼladi va siz oʼtgan qiyinchiliklaringizni kulib esga olasiz.!

Orzular mamlakatini orzu qilgan vatandoshlarim borchamizga omadlilar qatorida boʼlish nasib qilsin.!

@GreenCardLotteryUz
295 views02:37
Ochish/sharhlash
2023-05-05 15:42:04
2022-yil oktyabr oyida "Orzular mamlakati" sari koʼpchilik roʼyxatdan oʼtgan edi, oradan 6 oy vaqt oʼtdi va nihoyat koʼpchilik kutgan natijalar eʼlon qilinadigan kun ham yetib keldi.

6-may kuni soat 21:00 da roʼyxatdan oʼtganlar uchun qabul qilinganlik haqida "Orzular mamlakati" ga kirish uchun kalitlar topshiriladi. Barchamizga omadlilar qatorida boʼlishlik nasib qilsin.

@GreenCardLotteryUz
305 views12:42
Ochish/sharhlash
2023-05-01 20:33:09

NATIJALAR EʼLON QILINISHIGA





@GreenCardLotteryUz
649 views17:33
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:46:28
O'yin kodi (Confirmation Number) yo'qolgan bo'lsa uni qayta tiklash mumkinmi

O'yin kodi bu eng muhim narsa xisoblanadi, agar siz o'yin kodini yo'qotgan bo'lsangiz sizga yutuq chiqqan yoki chiqmaganini bila olmaysiz.

O'yin kodini tiklash uchun siz o'yinda ishtirok etgan vaqatingiz foydalangan elektron pochta manzilingizni eslab qolgan bo'lsangiz o'yin kodini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Buning uchun rasmiy saytga tashrif buyuring va "Forgot Confirmation Number" bo'limiga o'ting va quyidagi amallarini ketma ketlikda bajaring:

1) Siz ishtirok etgan mavsumni tanlaysiz masalan (2023) yoki (2024)
2) Familiyangiz va ismingizni kiritasiz.
3) Tug'ilgan oy kun va yilingizni kiritasiz.
4) O'yinda ishtirok etgan vaqtingiz foydalangan elektron pochta manzilingizni kiritasiz.
5) CAPTCHA ni to'ldirasiz va "Submit" tugmasini bosasiz.

Unutmang siz kiritgan ma'lumotlar Green Card anketasini to'ldirgandagi ma'lumotlar bilan bir xil bo'lishi zarur.

DV-2024 oʼyin kodini yoʼqotganlar 6-maydan boshlab kodlarni qayta tiklashlari mumkin.

@GreenCardLotterUz
167 views12:46
Ochish/sharhlash
2023-04-19 12:23:38
DV-2024 mavsumi natijalari eʼlon qilinishiga



kun vaqt qoldi

@GreenCardLotteryUz
241 views09:23
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:10:36
DV-2023 mavsumi Iyun oyi uchun viza byulletenlari.

@GreenCardLotteryUz
593 views11:10
Ochish/sharhlash