Get Mystery Box with random crypto!

Kutubxona™

Telegram kanalining logotibi elektron_kutubxona — Kutubxona™ K
Telegram kanalining logotibi elektron_kutubxona — Kutubxona™
Kanal manzili: @elektron_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.57K
Kanalning ta’rifi

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!
🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz
📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot
📈 Reklama | @Marketolog1
📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-03-24 11:32:50Bo‘g‘zimdagi toshni urinsam
itqitmoqqa misoli Sizif,
Ona, ona!.. Kurash so‘ngida
Buloq chiqdi ko‘zimdan sizib.

Eski dunda yangimiz deya,
Ko‘p ovutdik o‘zimiz netong.
Yerni har kun qarshilar oftob,
Nega bizning otmayotir tong?

Chalaverar turmush musht tugib,
Asab otli bizdagi torni.
"Uyqu dori" ichdim yetarli
Uyg‘otguvchi dori ham bormi?


Charos Avazova

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.8K views08:32
Ochish/sharhlash
2024-03-24 05:59:06Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

Shams Tabriziy

Telegram | Instagram | Audiokitob
12.6K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-03-23 17:06:57Biror narsa oila neʼmatiga teng kelolmaydi. Bundan boshqani afzal bilgan ziyondadir.

Mubashshir Ahmad
(Olim, odam va olam) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.5K views14:06
Ochish/sharhlash
2024-03-23 05:59:06Bir kunni buzishi mumkin bo'lgan yagona narsa - bu odamlar. Odamlar har doim baxtning cheklovchisi bo'lgan, faqat bahor kabi yaxshi bo'lgan juda oz sonli odamlar bundan mustasno.

Ernest Hemenguey

Telegram | Instagram | Audiokitob
14.1K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-03-22 17:41:31Muhabbat abadiy yonajak tilak
Uni buka olmas g'am, alam so'zi
Sevishdan to'xtadim deysanmi, demak
Sevmagan ekansan avval ham o'zi...


Xayrulla Hamidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
14.8K views14:41
Ochish/sharhlash
2024-03-22 05:59:06Hayotda nima yaxshiligu nima yomonlik, hech qachon farqlab boʻlmaydi, yaxshilik, ayni paytda, kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni paytda, kimlargadir yaxshilik boʻlib tuyuladi, mening umrimda anglagan xulosam shu.

Nazar Eshonqul
(Maymun yetaklagan odam) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.3K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-03-21 17:16:12Rashkim

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o‘zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo‘lurman g‘ash ko‘zimdan ham.

Ko‘zim yongay senga nargis —
Ko‘zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo‘lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg‘iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo‘pol aytgan so‘zimdan ham
...

Erkin Vohidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.0K views14:16
Ochish/sharhlash
2024-03-21 05:59:06Biz atirgulning tikanlari bor deb shikoyat qilamiz, tikanlarda atirgul bor deb xursand bo'lamiz.

Alphonse Karr

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.7K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-03-21 02:41:52
Navro’z keldi azizlar!

Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga,

Gullar olib qo’llarga,
Navro’z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin,

Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar.



@Elektron_Kutubxona
19.2K viewsedited  23:41
Ochish/sharhlash
2024-03-19 05:59:06Ba’zi telba odamlar dunyoni o’zgartira olaman deb o’ylashadi, va buni uddalashadi ham.

Stiv Jobs

Telegram | Instagram | Audiokitob
12.6K views02:59
Ochish/sharhlash